Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA KONSTITUTSIYA KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2022-12-06 23:17:59    435

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumanida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi va tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda tuman mutasaddilari, xalq ta'limi, sog’liqni saqlash tizimi xodimlari, maxalla fuqarolar yig’ini raislari, xotin-qizlar faollari, hokim   yordamchilari, yoshlar yetakchilari, shuningdek, qator korxona-tashkilotlar, muassasalar rahbarlari va xodimlari qatnashdi.





Tantanada tuman hokimi X.Inomov so’zga chiqdi. Yig’ilganlarni, ular timsolida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda o’z hissasini qo’shayotgan tuman xalqini qutlug’ sana, davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. 

Ta'kidlanganidek, bundan 30 yil muqaddam mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. 

O’tgan davrda Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. 

Bosh Qomusimiz xalqaro hujjatlar talablariga to’la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma'naviy kamol topishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. 

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida Taraqqiyot strategiyasi doirasida xalqimizni rozi qilish, qishloqlarimizni yanada obod etish, odamlar turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarda ham ko’rishimiz mumkin.








Ma'lumki, Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosi hisoblanadi. Unda muayyan mamlakat suvereniteti, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi, bu yerda istiqomat qilayotgan aholining ustuvor huquqlari belgilab beriladi.

Zero yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi shu yurtda yashayotgan har bir fuqaro, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini ifoda etishi va inson qadri tamoyilini aks ettirishi zarurdir. 

Tumandagi madaniyat uyida tuman san'at ustalari, yosh xonandalar, bolalar musiqa va san'at maktablari o’quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi, milliy kuy-qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag’ishladi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram