Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “SAYLOV KODEKSI” MUDDATIDAN ILGARI SAYLOVLAR HAQIDAGI MODDALAR BILAN TO‘LDIRILDI.

×

 2023-05-29 09:24:02    290

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi “Saylov kodeksi”ga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.

Joriy yilning 8-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-838-son Konstitutsiyaviy Qonuni kuchga kirdi.

Unga ko‘ra “Saylov kodeksi”ning 66-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Muddatidan ilgari saylov):

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi deb bayon etildi.

        Shuningdek, Kodeksda 741−-modda (Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi) ham o‘rin olgan. Unda aytilishicha, Qonunchilik palatasi prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hamda Kodeks 871—moddasi bilan to‘ldirildi. Mazkur moddaga ko‘ra (Senat a’zolarining muddatidan ilgarigi saylovi) Senat prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida, Senatning o‘zi tomonidan tarqatilsa, bir oy ichida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Saylov kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan 2023 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Preidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Faromonga ko‘ra 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram