Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI.
2023-06-10 13:38:36 246
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-dekabr kungi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-31-sonli qarori asosida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomov va Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayevlar mahallalarda tashkil etilgan hokim yordamchilari bilan tumanda bajarilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha suhbatlashdi. Suhbat davomida Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi mavjud muammo va takliflar eshitildi.
Yakunida hokim yordamchilarining faoliyat samaradorligini baholash (KPI) darajasi bo‘yicha tumandagi eng ilg‘or 22 nafar hokim yordamchilari va o‘z xizmat vazifasiga ma’suliyat bilan yondashgan 6 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga Fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram