Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLATIMIZ ZAXIRASIGA 15 293 TONNA (102,2%) G‘ALLA DON KORXONALARIGA OLIB KIRILISHI TA’MINLANDI.
2023-07-05 20:21:52 273
Farg‘ona tumanidagi g‘alla maydonlarida bug‘doyni nes-nobud va isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘ymagan holda yig‘ib olish uchun kombaynlar, fermerlar va donga biriktirilgan vakillar tinim bilmay mehnat qilmoqda.
–Tumanimizda 6 200 ga yer maydonida boshoqli don parvarish qilindi. Ushbu boshoqli don yer maydonlaridan 14960 tonna boshoqli donni davlat zaxirasi uchun sotishni rejalashtirgan.
Bunda:
Davlat haridi uchun tovar don 7 500 tonna;
Urug‘lik don 1 460 tonna;
Birja savdolarida (vaqtinchalik saqlash) sotiladigan don 6 000 tonnani tashkil etadi.
Joriy yilning 30 iyun holatiga zahmatkash dehqonlarimiz, tumanimiz rahbarlari, boshoqli donni nes-nobud qilmasdan o‘rib yig‘ib olish uchun shakllantirilgan otryad rahbarlari sayi harakatlari bilan davlatimiz zaxirasiga 15 293 tonna (102,2%) g‘alla Don korxonalariga olib kirilishi ta’minlandi.
Hali dalalarimizda boshoqli ekin maydonlari mo‘l. Asosiy e’tibor g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish, mavjud texnika va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymasdan shartnomaviy rejalarni to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram