Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSHQARUVDAGI RAHBARLAR VA MAS’UL XODIMLARNING SINGAPURGA XIZMAT SAFARI BOSHLANDI

×

 2023-07-29 10:12:13    232

PDF yuklash
Chop etish


Davlatiz rahbarining joriy yil 17 yanvar kuni Singapur Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatda davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil qilish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston delegasiyasi Singapurga bordi. 


Safar davomida Li Kuan Yu nomidagi davlat siyosati maktabi, Singapur turizmni boshqarish instituti, PSB akademiyasi kabi yetakchi ta’lim muassasalarida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Uchrashuvlarda xalqqa yo‘naltirilgan samarador va natijador davlat xizmati, yetakchilik, iqtisodiyotning muhim sektorlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ham muhokama qilinadi.


Safarning birinchi kunida Singapur turizm menejmenti institutida (Tourism Management Institute of Singapore) uchrashuv tashkil etildi. Bu institut butun dunyodan turizm sohasidagi xodimlarni malakasini oshirish, gidlarni tayyorlash, umuman, turizm menejmentini shakllantirish bo‘yicha ishlarni olib boradi. 


Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda Madaniyat va turizm vazirligida hamda turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini Singapurda tashkil etish, shuningdek, masofadan turib onlayn o‘quvlar tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram