Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL" MCHJ QO‘SHMA KORXONASI TOMONIDAN BARPO ETILGAN MATO ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH LOYIHASI
2023-07-29 10:36:57 264
Xabaringiz bor Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik rasmiy tashrif bilan viloyatimizda bo‘lib turibdi. Kecha Prezidentimiz boshchiligida viloyatdagi yangi qurib bitkazilgan bir nechta investisiya loyihalari va ijtimoiy soha ob’yektlarining ish faoliyatiga start berildi.
Shunday loyihalardan biri Farg‘ona tumanida joylashgan "BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL" MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan barpo etilgan mato ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasidir.
Loyiha maqsadi: Tumandagi ko‘plab ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlsh bilan birgalikda mato mahsulotlarini eksport xajmi ortishiga erishish.
Loyiha quvvati: Yilliga 250,0 mlrd. so‘mlik 7,2 ming tonna mato ishlab chiqarish.
Loyiha qiymati: 6,5 mln. AQSH dollari shundan:
o‘z mablag‘lari – 2,0 mln. AQSH dollari
xorijiy kredit liniyasi – 4,5 mln. AQSH dollari;
Tashkil etiladigan ish o‘rni: 220 ta.
Eksport: yillik eksport quvvati 5,0 mln AQSH dollarni tashkil qilib, Yevropa va MDX davlatlariga yo‘naltiriladi.
Korxonada sifatli mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 200 dan ortiq ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram