Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUBSIDIYA ASOSIDA OLINGAN UY JOY EGALARI UCHUN
2023-09-30 16:03:08 1854
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy maqsad, fuqarolarning erkin va farovonligini ta’minlashdir. Shu maqsadda, aholini uy-joy bilan ta’minlashda qonunchilikka kiritilayotgan o`zgartirishlar va fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar fuqarolarning uy-joyga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu o`rinda, qayd etib o`tishimiz joizki, fuqarolarning uy-joyga bo`lgan ehtihoyojlar ta’minlash maqsadida subsidiya asosida fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash tizimining yo`lga qo`yilishi, haqiqatda uy-joyga ehtiyoji bor fuqarolar uchun ulkan imkoniyat bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Shuningdek, subsidiya asosida uy-joyga ega fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarga to`xtalib o`tsak, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliq solinmaydigan daromad turlari belgilangan. Ushbu moddaning birinchi qismi 16-bandiga ko`ra soliq to‘lovchining yo`naltirilgan oylik ish haqi va daromadlari olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan taqdirda soliqqa tortilmaydi.
Ushbu soliq imtiyozi qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi.
Mazkur soliq imtiyozlarining qonunchilikda belgilanishi fuqarolarning uy-joy bilan ta’minlashda o`zining ulkan hissasini qo`shmoqda. Ayniqsa, yosh oilalarga nisbatan qo`llanilishida belgilangan imtiyozlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin misolidir.
Farg`ona tumani adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti
N.N.Mullajonov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram