Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUKM USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATINI BERISH

×

 2023-09-30 16:07:40    1819

PDF yuklash
Chop etish



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 869-son qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Kodeks quyidagi boblar bilan to‘ldirildi: Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari;

Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish Shunga muvofiq: Sud hukmlari, ajrimlari, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda prokuror ishtirok etadi. Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshiradi. Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.

Agar shikoyatda yoki protestda og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa o‘zgarishlar haqidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil ichida yo‘l qo‘yiladi. Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli shaxslarni 3 sutka ichida xabardor qiladi. Qonun bilan shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartirildi.

Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etish chog‘ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibi belgilandi.

Farg‘ona guman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

A.L.Nabijonov





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram