Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSH SHIFOKORLAR VA ULARGA USTAMA QO‘LLASH MASALALARI
2023-09-30 16:09:19 3174
Bizga ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–136-son Farmonning 2-bandida, 2022-yil 1-iyundan boshlab yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 (bir) million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanishi belgilangan. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan qabul qilingan Adliya vazirligidan 3416-son bilan ro`yxatdan o‘tgan qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandida salohiyatli yosh shifokor - bitiruvchi deb yuritilishi belgilangan.
Shunda savol tug‘ilyapti bitiruvchi oxirgi kurs bitiruvchisimi yoki bitirib diplom olgan shaxsmi.
Sababi ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 40-moddasida, eski Mehnat kodeksining 84-moddasida ham tamomlagan bitiruvchi degan jumla ketgan. Ushbu masala yuzasidan qonunchiligimizda, xususan amalyotda turli yondashuvlar yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2022-yildagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-136-son Farmoni 2-bandi ikkinchi qismida nazarda tutilgan “yosh shifokorlar” jumlasiga ushbu Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom”da aniqlik kiritilgan.
Jumladan, Nizomning 13-bandiga ko‘ra “Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi o‘rinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanadi.” deyilgan. Bunda, “yosh shifokorlar” deganda aynan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan, oliy ma’lumotga ega yosh kadrlar nazarda tutilmoqda va agar bitiruvchi kurs talabalari nazarda tutilgan bo‘lganda, qonunchilik hujjatlarida bu ko‘rstib ketilgan bo‘lar edi.
Shuningdek, Adliya vazirligidan 3416-son bilan 16.01.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan Nizomning 14-bandida ham salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanib, bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda birinchi yil uchun – 1 million so‘mdan, ikkinchi yil uchun – 750 ming so‘mdan, uchinchi yil uchun – 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar belgilanganligini ko‘rish mumkin.
Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016-yildagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunida “yosh mutaxassis” uchun nazarda tutilgan uch yillik muddat “yosh shifokorlar” uchun ham qo‘llanilayotgan ustamalar davrida nazarda tutilmoqda.
Xulosa qiladigan bo`lsak yuqoridagi normalarga asosan, fikrimizcha “yosh shifokorlar” jumlasi tibbiy oliy ta’lim massasalarini bitirgan yosh shifokorlarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lib, uni bitiruvchi talabalarga nisbatan qo‘llash bahsli holat hisoblanadi. Yosh shifokorlar masalasiga aniqlik kiritilgan bo‘lsa, ularni yosh chegarasini belgilab olish ham muhim jarayon hisoblanadi va buni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirgan holda qo‘llash masalasini qo‘rib chiqish kerak.
Farg‘ona guman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
A.Mirzayev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram