Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH BO‘YICHA FARG‘ONA TUMANI BUYICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI.

×

 2023-11-01 08:14:57    1775

PDF yuklash
Chop etish


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona tumani buyicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun erta tongdan tumandagi Yoshlarobod markaziy o‘yingohida Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Unda Tuman hokimi Hamidullo Inomov va Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi kommunal soha hamda ijtimoiy soha rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda tumandagi mas’ul korxona va tashkilotlardan biriktirilgan shtab a’zolariga mahallalarda, shuningdek mavjud ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqilishi, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni mas’ullar tomonidan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram