Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XABARINGIZ BOR TUMANIMIZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILGAN.

×

 2023-11-23 09:58:51    130

PDF yuklash
Chop etish


Bugun erta tongdan tumanning Yangi asr mahallasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘in bo‘lib o‘tdi.


Unda Tuman hokimi Hamidullo Inomov va Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi kommunal soha hamda ijtimoiy soha rahbarlari ishtirok etdilar.


Tumandagi mas’ul korxona va tashkilotlardan biriktirilgan shtab a’zolariga mahallalarda, shuningdek mavjud ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqilishi, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni mas’ullar tomonidan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.


Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram