Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARGʻONA VILOYATIDA 3 TA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTI (NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI) DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMASI VA DAVLAT GRANTIGA EGA BO‘LDI

×

 2023-12-19 16:24:31    1912

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan noyabr oyida e’lon qilingan Davlat ijtimoiy buyurtmasi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda “Fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 4-tanlov g‘oliblari aniqlandi.

2023 yilning 7 noyabridan 7 dekabrgacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo‘yicha jami 8 ta loyiha topshirildi. Bulardan 2 ta loyiha OAVdan, 5 ta loyiha NNT vakillaridan va 1 ta loyiha MFYdan kelib tushgan.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining “Esklav hududlarda uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” davlat buyurtmanomasiga asosan – “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahallamizda ommaviy sportni rivojlantiramiz” nomli loyihasi (200 million so‘m), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasining Farg‘ona viloyatidagi kasb-hunar maktablarida fizika, kimyo-biologiya laboratoriya xonalaridagi moddiy o‘quv-texnik bazasini yangilash hamda 32 dona interaktiv doska bilan ta’minlash davlat buyurtmanomasiga asosan - Farg‘ona viloyati “Ziyonur” ayollar va o‘smirlarni ijtimoiy huquqiy, ekologik qo‘llab-quvvatlash markazining “Farg‘ona viloyati kasb-hunar maktablarining fizika-kimyo laboratoriya xonalaridagi moddiy o‘quv-texnik bazasini yangilaymiz va interaktiv doskalar bilan ta’minlaymiz” nomli loyihasi (220 million so‘m) hamda “Millatlararo totuvlikni ta’minlashda davlat organlari bilan hamkorlikda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va tadbirlar tashkil etish” davlat granti yo‘nalishi bo‘yicha, Farg‘ona viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazining “Baxtli kelajak – o‘z qo‘limizda” nomli loyihasi (50 million so‘m) g‘olib deb topildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi qarori bilan, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan jami 2 ta davlat ijtimoiy buyurtmasiga va 1 ta davlat granti uchun jami 470 million so‘m mablag‘ ajratildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram