Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANIDA YANGI YIL ARCHASI QAD ROSTLADI: AHOLIGA BAYRAMONA KAYFIYAT ULASHISHGA MUNOSIB TAYYORGALIK BOSHLANGAN 

×

 2023-12-20 10:27:33    1908

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi Davlat xizmatlari markazining old qismida joylashgan maydonga 17 metrlik Yangi yil archasi o‘rnatildi. Shuningdek, mazkur maydon atrofida obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tumanda bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga munosib hozirlik ko‘rilmoqda.

Xususan, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari, yosh ijodkorlar yutuqlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va bayram yarmarkalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangi yil bayrami oldidan tumandagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va mehnat faxriylarining holidan xabar olinishi ham ezgu an’ana va qadriyatlarimizga mos tarzda ko‘ngillarga bir olam quvonch bag‘ishlashi, shubxasiz.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram