Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILAVIY MEHMON UYLARI, XOSTELLAR FAOLIYATINI TASHHKIL ETISH TARTIBI QANDAY?
2023-12-27 10:30:28 2474
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi
622-sonli qarori bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʼtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʼyicha bir vaqtning oʼzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʼyicha xizmatlar koʼrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan toʼgʼri keladigan turar joy maydoniga ega boʼlgan xususiy uy-joy obyekti.
Nizomga koʼra, mehmon uylari, xostellar, oʼtovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qoʼmitasi tomonidan yuritiladigan Reestrga kiritish va Reestrdan koʼchirma berish orqali tashkil etiladi.
Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan boʼlishi shart (quyidagi roʼyxatda keltirilgan).
Qaror bilan shuningdek, mehmon uylari, xostellar, oʼtovli va chodirli oromgohlarni Reestrga kiritish boʼyicha davlat xizmatini koʼrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Bunda mehmon uyi, xostel, oʼtovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʼzi kelib murojaat etadi;
yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali roʼyxatdan oʼtadi.
Soʼrovnoma toʼldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Turizm qoʼmitasining hududiy boʼlinmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida koʼrib chiqadi hamda oʼrganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati bepul koʼrsatiladi.
Farg`ona tumani adliya bo`limi
YXKM bosh yuristkonsulti N.N.Mullajonov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram