Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARGʻONA TUMANIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2024-01-06 16:58:36    2929

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyatining har bir mahallasida tashkil etilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirining navbatdagisi tuman markazida joylashgan Madaniyat uyi binosida bo‘lib o‘tdi. 



Tadbirda Vodil, Xo‘ja Ahmad Vale mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi nuroniylar, yoshlar, ziyolilar hamda turli soha vakillari ishtirok etdi. 




Madaniyat uyi kirish qismidan o‘rin olgan yosh ijodkorlar hamda hunarmandlar ko‘rgazmasi shuningdek, adabiyotlar durdonalari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. 







Anjumanda so‘zga chiqqanlar 2023-yil 22-dekabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritishdi.




Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar tuman misolida tadbir ishtirokchilariga hayotiy misollar va dalillar orqali yana bir bor yetkazildi. O‘z o‘rnida Vatan taqdirida, taraqqiyotida har bir yurtdoshimizning o‘rni muhim ekanligi qayd etildi.



Bayram kechasida intellektual viktorina ham tashkil etilib, g‘oliblarga milliy va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari topshirildi. 




Sport sohasida yuqori natijalarga erishayotgan yosh sportchilarning chiqishlari tadbir ishtirokchilari tomonidan olqishlandi.



Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga zo‘r kayfiyat ulashdi.




BU KABI TADBIRLAR TUMANNING BARCHA MAHALLALARIDA DAVOM ETMOQDA!!!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram