Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OMBUDSMAN MAKTABI” LOYIHASI DOIRASIDAGI FARG‘ONA TUMANIDA O‘TKAZILGAN NAVBATDAGI TADBIR “O‘ZBEKISTON XALQCHIL VA IJTIMOIY DAVLATDIR” MAVZUSIGA BAG‘ISHLANDI

×

 2024-02-26 12:55:33    2528

PDF yuklash
Chop etish





 Joriy yilning 22 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov, Farg‘ona tuman xokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi bilan xamkorlikda Farg‘ona tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan Vodil MFY xududida aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi”ning navbatdagi tadbiri o‘tkazildi. Unda hokimlik mutaxassislari hamda tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. O‘zaro muloqotlar davomida tanlangan sohalar va masalalar bo‘yicha faoliyat yuritadigan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan murojaatlarni kiritish va ularni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha aholining huquqiy madaniyati oshirildi. Bu esa  fuqarolarga amaliy va manzilli yordam ko‘rsatishda davlat organi va aholi o‘rtasida konstruktiv aloqalarning o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka oid xolatlarga qarshi kurash borasida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar, Yangi Mexnat kodeksining fuqarolar mexnat xuquqlarini ximoya qilish va mexnatini muxofaza qilishdagi axamiyati, axolini ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, soxada qabul qilinayotgan normativ-xuquqiy xujjatlarning moxiyati va axamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, tuman xokimining birinchi o‘rinbosari O.Abduraximov tomonidan fuqarolarning qabuli amalga oshirilib, ularning murojaatlari tinglandi. Qabulda bo‘lgan jami 22 nafar fuqarolarning murojaatlarida mulkiy nizolar, moddiy yordam, ishga joylashtirish,savdo rastasi ajratish, kredit olish, davolanish uchun yordam, oilaviy kelishmovchiliklar, subsidiya ajratish, uy-joy olish, yo‘l ajratishga yordam berish xamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlardan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi, 10 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi.

Ayrim murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha muddat talab qilganligi sababli tegishli hokim o‘rinbosarlariga hamda tashkilot rahbarlariga muddatlari belgilanib, ijroga yo‘naltirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram