Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANI HOKIMI HAMIDULLO INOMOV VILOYAT DELEGATSIYASI TARKIBIDA LATVIYADAGI RASMIY UCHRASHUVLARDA BO‘LIB TURIBDI

×

 2024-04-27 01:04:49    7652

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Nuriddin Mamajonov Riga shahar dumasi raisi oʻrinbosari Linda Ozola bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvda Riga shahri va Fargʻona viloyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar, fan va innovatsiyalar yoʻnalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Jumladan: 

-Fargʻona viloyati bilan Latviyaning ilgʻor texnologiyalari asosida yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va raqamlashtirish yoʻnalishlaridagi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

-Latviyaning Riga erkin Porti orqali “Oʻzbekiston-Latviya-Yevropa” port yoʻli doirasida Riga shahrida xalqaro logistika markazini tashkil etish, bu orqali Yevropa davlatlariga mahsulotlar tranzitini yaratish; 

- “KAIJA” baliqchilik klasteri va zavodiga tashrif, korxona faoliyati bilan tanishish orqali viloyatda baliqdan konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tajriba ortirish; 

-Rigada Oʻzbekiston Savdo uyida “Fargʻona mahsulotlari” shourumini ochish kabi masalar oʻrin oldi. 

Muzokaralar yakunida Fargʻona viloyati va Riga shahri oʻrtasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bitimni ishlab chiqish va imzolashga kelishildi.


Mazkur yoʻnalishda qisqa muddatlarda Riga shahar rahbariyati boshchiligida delegatsiyaning Fargʻona viloyatiga tashrifini amalga oshirib, yuqoridagi kelishuvlarni amalga oshirish belgilandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram