Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga hududiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Tadjiyevichning tuman xalqiga MUROJAATI

×

 2024-07-25 19:13:46    4442

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum hurmatli Fargʻona tumani aholisi!


Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Muhtaram Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan faollar yigʻilishida Fargʻona tumanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, qator masʼuliyatli topshiriq va vazifalari berildi.

Fargʻona tumani aholisi 222,5 mingga yaqinlashganini inobatga olib, tumanda salohiyatli tadbirkorlar koʻpligi, imkoniyat ham, sharoit ham keragidan ortiqligi, agar toʻgʻri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish oʻrini va eksportni karrasiga oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqdim.

Tumanni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz belgilab bergan yangicha tizim asosida ish olib borib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning muammolarini hal etish, qoʻshimcha imkoniyatlarini ishga solish orqali joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1 trln. 429 mlrd. soʻmga yetkazib, 1,3 barobarga oshiraman.

Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi oʻta murakkab sharoitda jahon bozorlariga yangi yoʻl ochish, investitsiya olib kelish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berdilar.

Aholi daromadlarini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida yil yakuniga qadar tumanda 5 650 nafar aholi bandligi taʼminlanadi, jumladan:

investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish yoʻnalishida – 260 ta;

moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish – 1 035 ta;

Fargʻona tumanida joriy yil yakuniga qadar Davlat investitsiya dasturlari hamda qoʻshimcha amalga oshirilayotgan loyihalar hisobiga 93,3 mln. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish belgilab olingan boʻlib, yanvar-iyul oylarida jami 46,6 mln. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar oʻzlashtirildi. Bu koʻrsatkich rejaga nisbatan 102,8 foizni tashkil qildi (oʻtgan yili shu davrga mos nisbatan 13,3 mln. dollar oʻsish – 349,5 foiz). Joriy yil yakuniga qadar 46,7 mln. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsad qilib olingan (oʻsish – 182,2 foiz, shundan, III chorakda 22,4 mln. dollar, IV chorakda 24,3 mln. dollar).

Shuningdek, yil oxirigacha sohalar rivoji uchun FRRUdan berilgan arzon resurs va banklarda xorijdan olib kelingan mablagʻlar boʻyicha jami 27 ta loyihalar ishlab chiqilgan boʻlib, umumiy 22,1 mln. dollar oʻzlashtirish rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha yil boshidan 2 ta korxona ishga tushirilgan boʻlib, yil yakuniga qadar sanoat zonalariga tadbirkorlarni jalb qilish hisobidan yangi 4 ta loyiha amalga oshirilishi belgilab olingan.

Eksport salohiyatini oshirish masalasi doirasida tumanda 25 ta (shundan sanoat korxonalari 13 ta, qishloq xoʻjalik korxonalari 11 ta) ekportyor korxonalar mavjud boʻlib, yanvar-iyun oylarida amalda 7,3 mln. dollarlik eksport (shundan sanoat mahsulotlari 5,2 mln dollar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 2,1 mln dollarga) amalga oshirildi. Belgilangan eksport prognozi rejasi (7,1 mln.dollar) 103 foizga bajarildi. Shuningdek, mazkur davrda 4 ta yangi korxonalar eksportga jalb etildi va 3 turdagi yangi mahsulotlar eksportga chiqarildi. 4 ta eksport bozorlari oʻzlashtirilib, ularning umumiy soni 18 taga yetkazildi.

Ikkinchi yarim yillikda belgilangan hududiy eksport prognozi bajarilishida “Eksportchibay” ishlash tizimi boʻyicha korxonalarda yuzaga keladigan muammoli masalalar tezkor hal etish choralari koʻrilib, ularning eksport faoliyati qoʻllab-quvvatlanishi yanada kuchaytiriladi.

3 ta (yil boshidan jami 7 ta) korxonalar eksport faoliyatiga qoʻshimcha jalb etilib, 4 ta yangi mahsulotlar eksportga chiqariladi.

Shuningdek, tumanda yiliga 103 ming tonnadan ortiq mevalar yetishtiriladi. Ushbu mevalarni jahon bozoriga eksport qilish maqsadida “Ferghana France” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 11 mln. dollarlik “Mevani qayta ishlash va quyiltirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish belgilangan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 6,5 ming tonna meva qayta ishlanib, eksportga amalga oshiriladi.

Qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligida doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish orqali – 3 935 ta;

qurilish, transport va kommunal sohalarida aholini doimiy ishlarda band qilish va korxonalarda norasmiy ishlayotgan xodimlarni vaqtinchalik prognoz koʻrsatkichlari – 420 ta aholi bandligi taʼminlanadi.

Aholini kambagʻallikdan chiqarish va daromadini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiraman, jumladan:

mahallalarda qiymati 48,0 mlrd soʻm boʻlgan 1 460 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga ikkinchi yarim yillikda 2 083 nafar aholi band qilinadi.

Shuningdek, 7 366 ta oʻzini-oʻzi band qilish, 308 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik, 236 ta yangi korxonalar va 5 371 ta dehqon xoʻjaliklari tashkil etiladi;

“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi, “Biznesni rivojlantirish banki” hamda “Biznesga birinchi qadam” loyihalari doirasida) yil yakuniga qadar 2,8 ming nafar aholi bandligi taʼminlanadi, ushbu maqsadlarga jami 14,0 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltiriladi;

bank mijozlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni muammolarini hal qilish orqali 2,3 ming ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bugungi kunda migratsiyada yurgan, hatlov natijasi kam daromad olayotganligi aniqlangan 4 851 nafar fuqarolarni qaytarib va ularni doimiy daromadga ega, kafolatlangan ish oʻrin bilan taʼminlayman.

Bunda ularni bilim va koʻnikmalaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalariga joylashtiriladi. Shuningdek, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilib, subsidiya hamda imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan tadbirkorlikka yoʻnaltiriladi.

Aholini tamorqadan foydalanishi madaniyatini yanada oshirib, mazkur yoʻnalishda “Sayxunobod”, “Uychi tajribalari”ni keng qoʻllayman.

Davlatimiz rahbarining bergan vazifa va topshiriqlaridan tegishli hulosa chiqargan holda Men oʻz komandam va albatta Sizlar bilan birgalikda mazkur vazifalarni toʻlaqonli bajarishda bor kuch-gʻayratim va shijoatimni sarflayman.

Bunda Allohni oʻzi madadkor boʻlsin.


Farg‘ona tumani hokimi Inomov Hamidullo Tadjiyevich