Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARDOSH XALQLAR BIRDAMLIGI
2024-08-05 20:55:48 3821
“Mening yurtim" (MY5) telekanalining 10 yilligi munosabati bilan “Qardosh xalqlar” loyihasi doirasida viloyatning chekka hududi, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh Farg‘ona tumani hokimligi binosida matbuot anjumani va info-tur tashkil etildi.
Tashkil etilgan matbuot anjumanida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meʼros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ahmedov Xurshidjon Rustamovich, tuman hokimi Inomov Xamidullo Tadjiyevich, tuman hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va madaniy meʼros boshqarmasi, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston qadimdan do‘stlik va tinchlik, birodarlik va qardoshlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik rishtalari ulug‘langan diyor sifatida jahonda shuhrat qozongan. Ushbu qadriyatlarni yanada yuksaltirish maqsadida so‘nggi yillarda olib borilayotgan oqilona va do‘stona siyosat natijasida har bir sohada hamkorliklar izchil yo‘lga qo‘yib borilmoqda.
Loyiha doirasida “Art House Sadosh” MChJga, “Nurafshon” sihatgohiga, “Xazrati Xuvaydo” maqbarasiga va “Markaz” mahallasida joylashgan o‘rikni qadoqlash kooperatsiyaga press-tur tashkil etildi.
Abdushukur Erashev
Farg‘ona tumani hokimligi Axborot ximati rahbari – tuman hokimi matbuot kotibi