Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jadallashtirilmoqda

×

 2024-08-12 17:54:36    4553

PDF yuklash
Chop etish


«O‘zbekiston — 2030» strategiyasi maqsadlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qarorda “iqtisodiyotning xususiy sektor rivojlangan tarmoqlarida davlat ishtirokini keskin kamaytirish, xususiy sektor faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay raqobat muhitini yaratish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish belgilandi.

Qarorga ko‘ra:

- 247 ta davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aksiya paketlari (ulushlari);

- 1028 ta davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’yektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi;

- 12 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini, mahalliy fond bozorida birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o‘tkazishida, mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish «Toshkent» RFB savdo maydonchasida hamda qo‘shimcha ravishda,

«E-AUKSION» elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda, «E-AUKSION» elektron savdo platformasida barcha investisiya vositachilari va ularning mijozlari uchun shaxsiy kabinet yaratish orqali buyurtmalarni real vaqt rejimida beg‘araz asosda qabul qilish, investorlarni identifikatsiya qilish, investisiya vositachilari bilan tegishli shartnoma tuzish, depo hisobvarag‘ini ochishda teng imkoniyat yaratiladi.

Shu bilan birga, Tadbirkorlar tomonidan «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali ijaraga olinganiga kamida besh yil bo‘lgan davlat mulki ob’yektini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati berildoqda.

Davlat aktivlarini sotishni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida, davlat aktivlari uch oy davomida sotilmagan taqdirda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.

2024-yil 1-maydan boshlab, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotishni tezlashtirish va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ishga tushirishni maqsadida, «E-AUKSION» elektron savdo platformasiga chiqarilgan yer uchastkalari uch oy davomida sotilmaganda, ularning boshlang‘ich narxi 30 foizigacha, olti oy davomida sotilmaganda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi va sotib olish to‘lovlarining 15 foizini uch oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish orqali, xususiy sektorgan sog‘lom raqobat muhitini yaratishi va barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash maqsad qilingan.

 

"Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Farg’ona viloyati vakilligi