Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg‘ona tumanida mustaqilligimizning 33 yillik bayrami katta shodiyona bilan nishonlandi

×

 2024-08-27 15:20:57    831

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tumanning asosiy bayram shodiyonasi “Tinchlik” MFYdagi “Yoshlarobod” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. 

Tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan bu yilgi tantanalarga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Bunga bayram ishtirokchilari ham guvoh bo‘ldi.

Shukuhli tadbirni tuman hokimi Inomov Xamidullo Tadjiyevich kirish so‘zi bilan ochib, shodiyona ishtirokchilari va ularning timsolida barcha tuman ahlini ulug‘ ayyom bilan qizg‘in tabrikladi. Tuman hokimi mustaqillik, ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimizda, xususan, tumanda qurilish, bunyodkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi va jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, hayotini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi. 

Bayram tantanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha qalbida o‘zgacha g‘urur va iftixor bilan jo‘r bo‘lib kuyladi. 

Tadbirning badiiy qismida badiiy jamoalar, harbiylar, yosh ijodkorlar va so‘z ustalarining chiqishlari, taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbiri o‘ziga xos mushakbozlik bilan yakuniga yetdi. Yurtdoshlarimizga a’lo kayfiyat va bayram shukuhini hadya etayotgan tantanalar tumanning barcha mahallalari va mehnat jamoalarida davom etmoqda.