Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg‘ona tumani hokimi Inomov Xamidullo Tadjiyevichning O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayramiga tabrigi

×

 2024-08-31 16:26:25    697

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu-alaykum qadrli tumandoshlar!

Barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan bayramimiz istiqlolimizning 33 yillik tantanasini yuksak ko‘tarinkilik va shodu-xurramlik bilan nishonlamoqdamiz.

Mana shu shukuhli damlarda har qanday sharoitda ham o‘z kasbiga sodiq qolib, yosh avlodimizga ilm-fan asoslarini o‘rgatib kelayotgan hurmatli muallim va murabbiylarni, xalq salomatligi yo‘lida o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan jonkuyar shifokorlarni, el-yurt dasturxonini yanada to‘kin qilish uchun dalalarimizda fidokorona mehnat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlarimizni, ona yurtimiz qalqonlari bo‘lgan jasur harbiylarimizni, iqtisodiyotimiz rivoji, tumanimiz xalqini farovonligini oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan tadbirkorlarimizni, o‘zining dastlabki yutuqlari bilan barchamizni xursand qilayotgan shijoatli yoshlarimizni, ulug‘ fazilatlari bilan xonadonlarimiz ustuni bo‘lib kelayotgan hurmatli opa-singillarimizni, har bir ishda duogo‘y bo‘lib, bizga Yaratgandan kuch va madad tilab turgan muhtaram otaxon va onaxonlarimizni, bir so‘z bilan aytganda, Farg‘ona tumanining ko‘p millatli xalqini ulug‘ bayram bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

 

Hurmatli do‘stlar!

O‘ttiz uch yillik mustaqil taraqqiyot davrida vatanimizda yashayotgan barcha xalqlar va millatlar vakillari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv saqlanib qolgani jamiyatda alohida e’tirofga sabab bo‘layotganli bu qatorda Farg‘ona tumani kesimida qo‘shni davlat bilan o‘zaro aloqalarning toboro yaxshilanayotganligi ikki xalq fuqarolari uchun yangi shart-sharoitlar, yangi imkoniyatlar darvozasi keng ochilayotganligi albatta bizlarni quvontiradi. Muhtaram Prezidentimizning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona tumanining Vodil, Avval, Shohimardon qishloqlariga alohida e’tibor va urg‘u berib turizm zonasiga aylantirish bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish va qishloq xo‘jaligi sohasida 200 gektar yer maydoniga malinachilik klasteri tashkil etish to‘g‘risida start berganlari biz tuman farzandlariga alohida g‘urur bag‘ishladi. Albatta, bunday mas’ulyatli vazifalarni tuman ahli bilan bir bo‘lib ahillikda amalga oshirish barchamizga nasib qilsin. Bundan tashqari Parij shahrida o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan farzandlarimiz orasida Farg‘ona tumanining o‘g‘loni Lazizbek Mullajonov oltin medalni qo‘lga kiritib O‘zbekiston faxriga aylandi shu munosabat bilan Lazizbekni yana bir bor butun tuman aholisi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz kelgusida ham jahon sport arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.

 

Qadrli tumandoshlar!

O‘zbekiston xalqi mustaqillik ne’matidan bahramand bo‘lib, hech kimdan kam bo‘lmagan buyuk davlat, odil fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida ishonch bilan borayotganiga mana 33 yil bo‘ldi.

Bugungi farovon, obod va erkin hayotga osonlik bilan erishmaganimizni keksa-yu-yosh yaxshi biladi.

Shunday ekan Mustaqilligimizning qadriga yetishimiz, uni asrab-avaylashimiz va yanada mustahkamlashimiz, kelajak avlodga o‘zimizdan ozod va obod Vatan qoldirishimiz har birimizning buyuk insoniy burchimiz, ulug‘ va ezgu niyatimizdir.

 

Hurmatli tumandoshlar va aziz mehmonlar!

Ozod va obod Vatanimizda bayram shukuhi kezayotgan ushbu tarovatli kunlarda
“Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak -Vatanmiz!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan istiqlolimizning 33 yillik qutlug‘ to‘yi bilan yana bir bor ko‘p millatlik tumanimiz aholisini chin yurakdan tabriklayman.


Mamalakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lishini tilayman.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!