Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona tumanida aholini biznesga jalb qilish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Abduraximovning MUROJAATI
2024-09-23 17:59:22 1568
Assalomu alaykum, tumandoshlar!
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-avgust kungi Buxoro viloyati misolida o‘tkazilgan selektor yig‘ilish yakunlarida qilingan ma’ruzalari va berilgan topshiriqlari asosida Farg‘ona tumanida tomorqadan samarali foydalanish, mahallarda sanoat binolarini tashkil etish hamda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida “drayver” loyiha ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasida “Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va Gijduvon tumanlari” tajribasi asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan:
Sayxunobod tajribasi asosida har bir MFYga tijorat banklari hamda iqtisodiy kompleks hodimlaridan bittadan mas’ullar biriktirilib, xonadonlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan xatlov natijasida 6831 ta xonadonlarga loyihalar paketini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan: 1460 ta mahallalarda mikroloyihalarni amalga oshirish va 5371 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etiladi. Yanvar-iyul oylarida 715 ta mikroloyihalarga 44,0 mlrd.so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi xamda 1115 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etildi va 2415 nafardan ortiq aholi doimiy daromaga ega bo‘ldi. Avgust-dekabr oylarida 745 ta mikroloyihalar, 4256 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etiladi. Hususan sentyabr oyida 268 ta mikroloyihalarga 7,8 mlrd. so‘mlik kredit mablaglari o‘zlashtirildi.
(Ma’lumot uchun: Agro bank 12 ta, Xalq bankiga 8 ta, Turon bankiga 42 ta, Milliy bankiga 11 ta MFYlar birikitirildi.)
Uychi tumani tajribasi asosida tijorat bank mijozlari bilan tumandagi 73 ta mahallarda 16 ta uchrashuvlar o‘tkazish va ushbu orqali 3482 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, may–iyul oylarida 12 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib 217 ta ish o‘rinlari yaratildi. Avgust-dekabr oylarida tijorat bank raxabarlari mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali 2339 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Jumladan avgust-sentyabr oylarida 4 ta uchrashuv o‘tkazish orqali 1925 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Zarbdor tumani tajribasi asosida tumanda mavjud imkoniyat va zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish orqali 61,3 mlrd. So‘mlik 12 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga jami 1015 nafar ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 43,5 mlrd. so‘mlik 4 ta loyixalar ishga tushirilib 800 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Gʻijduvon tajribasi asosida tumanda tadbirkorlar bilan “Mahallabay” ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 10 ta mahallalarda 15 tadan “Tepaga o‘sadigan” 150 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali 1314 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash va doimiy daromadga ega bo‘lishi ta’minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda shu kunga qadar 14 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish hisobiga 286 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Bundan tashqari tumanimiz ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalanildi. Hususan tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 485,6 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi.
Shundan, 520 ta kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga 243,7 mlrd. so‘mlik, 255 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga 31,1 mlrd. so‘mlik hamda 7986 nafar fuqarolarga 210,8 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi. Shundan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 724 nafar aholiga 15 mlrd. 842 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi va 1100 nafardan ortiq ishsiz oila a’zolarining bandligi ta’minlandi.