Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomovning Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

×

 2024-10-01 19:37:42    1549

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar!

Avvalo, barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlugʻ sana — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Oʻqituvchilar esa hayotimiz charogʻbonlaridir. Kim boʻlmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berishgan.

Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulugʻ” degan naql bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan eʼzoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi oʻqituvchisiga boʻlgan hurmat abadiy muhrlanadi.

Bizning asosiy maqsadimiz dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun erkin va farovon hayot qurishdan iborat. Ana shu vazifani sidqidildan uddalaydigan bilimli va isteʼdodli, hech kimdan kam boʻlmagan navqiron avlodni tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bu borada Siz fidoyi oʻqituvchi va murabbiylarning zahmatli mehnatingiz har qancha maqtovga loyiq.

Bugungi bayramda farzandlarimizga taʼlim-tarbiya berishda alohida ibrat koʻrsatayotgan tumanimizdagi peshqadam kasb sohiblarining har birini doim alohida hurmat-eʼtibor bilan tilga olamiz.

Sizlarni 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Doimo sogʻ-omon boʻling, aziz ustozlar!

Hurmat va ehtirom ila,

Xamidullo Inomov
Fargʻona tumani hokimi