Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
2024-10-07 18:43:10 6973
Mamlakatimiz aholisini yil o‘n ikki oy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini uchun xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma'no naql bor.
Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta'kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas.
Farg‘ona tumanida 2025 yil hosili uchun 7 ming 461 gektar maydonga to‘qsonbosti ekinlarini ekish belgilangan . Shu jumladan, avgust-sentyabr' oylarida 1 ming 688 gektar shundan, fermer xo‘jaliklarida 491 ga, bog‘-tok qator oralariga 370 ga, dehqon xo‘jaliklarida 161 ga, aholi tomorqalariga 666 ga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari ekish belgilangan. Fermer xo‘jaliklari va dexqon xo‘jaliklariga yuklatilgan majburiyatlarni yurakdan his qilib, bog‘-tok qator oralariga va ajratib berilgan maydonlarga to‘qsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz va sabzavot ekinlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.