Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona tumanida aholini biznesga jalb qilish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Abduraximovning MUROJAATI
2024-10-09 17:58:16 6764
Assalomu alaykum, tumandoshlar!
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024 yil 12-avgust kungi Buxoro viloyati misolida o‘tkazilgan selektor yig‘ilish yakunlarida qilingan ma’ruzalari va berilgan topshiriqlari asosida Farg‘ona tumanida tomorqadan samarali foydalanish, mahallarda sanoat binolarini tashkil etish hamda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida “drayver” loyiha ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasida “Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va Gijduvon tumanlari” tajribasi asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan:
Sayxunobod tajribasi asosida har bir MFYga tijorat banklari hamda iqtisodiy kompleks hodimlaridan bittadan mas’ullar biriktirilib, xonadonlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan xatlov natijasida 6831 ta xonadonlarga loyihalar paketini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan: 1460 ta mahallalarda mikroloyihalarni amalga oshirish va 5371 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etiladi.
May-oktyabr oylarida 2190 ta mikroloyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 5-oktyabr holatiga 1382 ta mikroloyihalar tashkil etildi hamda MFY larga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan 52,2 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. Hususan oktyabr oyining besh kunligida 10 ta mikroloyihalarga 218,0 mln. so‘mlik kredit mablaglari o‘zlashtirildi.
(Ma’lumot uchun: Agro bank 12 ta, Xalq bankiga 8 ta, Turon bankiga 42 ta, Milliy bankiga 11 ta MFYlar birikitirildi.)
Uychi tumani tajribasi asosida tijorat bank mijozlari bilan tumandagi 73 ta mahallarda joriy yilning 2-yarim yilligida 16 ta uchrashuvlar o‘tkazish va ushbu orqali 2339 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda joriy yilning 5-oktyabr holatiga 14 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib 2010 ta ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan oktyabr oyining besh kunligida 2 ta uchrashuv o‘tkazish orqali 69 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Zarbdor tumani tajribasi asosida tumanda mavjud imkoniyat va zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish orqali 61,3 mlrd. so‘mlik 12 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga jami 1015 nafar ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 46,7 mlrd.so‘mlik 4 ta loyixalar ishga tushirilib 800 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Gʻijduvon tajribasi asosida tumanda tadbirkorlar bilan “Mahallabay” ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 10 ta mahallalarda 15 tadan “Tepaga o‘sadigan” 150 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali 1314 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash va doimiy daromadga ega bo‘lishi ta’minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda shu kunga qadar 14 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish hisobiga 286 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Bundan tashqari tumanimiz ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalanildi. Hususan tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 497,3 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. Shundan, 550 ta kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga 252,7 mlrd.so‘mlik, 273 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga 32,7 mlrd. so‘mlik hamda 8015 nafar fuqarolarga 211,7 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi. Shundan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 760 nafar aholiga 16 mlrd. 510 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi va 1215 nafardan ortiq ishsiz oila a’zolarining bandligi ta’minlandi.