Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2024-10-22 12:46:37    11463

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona tumani, “Satkak” MFY hududidagi qir-adirliklar yon bag‘ridan noruda foydali qazilma - qum-shag‘al aralashmasi qazilib, yuk avtomobillariga yuklab ketilayotganligidan norozi bo‘lib qilingan murojaatga

 

RASMIY MUNOSABAT

 

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda hududdagi aholi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 

Haqiqatdan ham fuqaro A.X. hech qanday ruxsatnomasiz qir-adirlikni tekizlash maqsadida qum-shag‘al aralashmasini qazib, yuklab boshqa hududga chiqarib yuborib, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzganligi uchun unga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jarima qo‘llanilganligini va bunday xatti-harakatni boshqa takrorlamasligi haqida ogohlantirilganini, ko‘rilgan chora natijasida video orqali murojaat yo‘llagan fuqarolarning e'tirozi yo‘qligini hamda ularning murojaati ijobiy qanoatlantirilganligini maʼlum qilamiz.

 

© Fargʻona tumani hokimligi Axborot xizmati