Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ER QONUNCHILIGIDA SHAFFOFLIK
2021-06-29 23:31:42 963
2021 yil 8 iyun kuni Prezidentimizning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6243-son Farmoni qabul qilingan bo’lib, farmonning maqsadi shundan iboratki, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy muomalasining ob'ekti sifatida erkin muomalaga kiritish.
Farmonga ko’ra, 2021 yil 1 avgustdan:
- yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida
ajratiladi;
- yer uchastkalari davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha
foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi;
(bunda ilgari ajratilgan yer uchastlariga bo’lgan huquqlar saqlanib qoladi)
ijaraga olingan yer uchastkasidagi ko’chmas mulk boshqa shaxsga o’tgan
taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi ham yangi mulkdorga o’tadi;
- qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov orqali faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
- qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilinadi;
- barcha hollarda yer uchastkalari faqat bo’sh turgan va zaxiraga olingan
erlardan ajratiladi va bunda ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtda yer
uchastkasini olib qo’yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish
tartibini buzish hisoblanadi;
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy loyihalarni amalga
oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi
bilan ajratiladi va bunda ushbu yerlar xususiy sherik, nodavlat notijorat
tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin;
- ko’p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi mulkdorlarga
umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Farmonga ko’ra, 2021 yil 1 avgustdan hokimliklarning yerga oid
quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:
- yerni to’g’ridan-to’g’ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo’l bilan tasarruf qilish;
- tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga bo’lgan huquqlarni belgilash, e'tirof etish, o’zgartirish, bekor qilish;
- sug’oriladigan yerlarni sug’orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer
toifasiga, sug’orilmaydigan qishloq xo’jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga
o’tkazish;
- jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun yer berish;
- xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash;
2021 yil 1 avgustdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar to’liq bekor qilinadi.
Farg’ona tumanlarao iqtisodiy sudi sudyasi: D.Akramova
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram