Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI ZF-UZ-VAC 2001 REKOMBINAT VAKTSINASI (CHO HUJAYRASI ) YANGI TURDAGI KORONAVIRUS GA QARSHI VAKTSINA
2021-07-03 11:24:54 1234
Xarakteristikasi:
Ushbu vaktsina biotexnologik usulda olinadi va bunda patogen virus (SARS-CoV-2 virusi) ishlatilmaydi. Vaktsina suyuq xolatda ishlab chiqarilgan. Bir flakon doza 0.5 mlni tashkil etadi va bitta dozada 25 mg NCP-RBD ( virus qobig’iga bog’lana oladigan) oqsilni o’z ichiga oladi. Barqaror immmunitetga ega bo’lish uchun 3 marta emlanish zarur. Emlanish xar 30 kun oralig’ida bir martadan jami 3 marta qabul qilinadi.
Immunologik xususiyatlari: Vaktsinaning immunologik xususiyati va xavfsizligi klinik doirada o’rganilgan. 18 yoshdan oshgan axoli qabul qilishi mumkin.
Emlash mumkin bo’lmagan xolatlar:
- Og’ir allergik reaktsiyalarda
- O’tkir va surunkali yuqumli kasalliklar davrida
- Xomiladorlar va emizikli ayollar
- O’RVI (o’tkir respiratorli virusli infektsiyalar) va oshqozon-ichak traktining o’tkir yuqumli kasalliklari davrida
Qo’llanilishi:
- Shifokor nazorati ostida tibbiy ko’rikdan o’tkazilgandan keyin vaktsina amalga oshiriladi
- Tana xarorati 370 S gradusdan yuqori bo’lganda vaktsina qilinmaydi.
Vaktsinani qayerda va qay tartibda olish mumkin:
- Xar bir axoli pasporti bilan vaktsina olish uchun o’zining yashash xududidagi ambulator-poliklinika muassasiga murojaat qiladi. Emlangandan keyin fuqaro pasporti ma'lumotlari emlash.uz elektron saytiga kiritiladi va fuqaro telefon raqamiga vaktsina olganligi to’g’risida va keyingi bosqich vaktsinani qachon olishi mumkinligi to’g’risida sms xabarnoma keladi.
- 3 bosqichli vaktsina qabul qilingandan keyin fuqaroga emlanganlik to’g’risida maxsus sertifikat beriladi.
Farg’ona tuman tibbiyot
birlashmasi boshlig’i: E.A.Gulomov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram