Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARNI KENG JORIY ETISHNING AFZALLIKLARI

×

 2021-07-12 22:32:52    1003

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, o’tgan 2020 yil davri mobaynida aholini ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash maqsadida hukumatimiz tomonidan pandemiya sharoitida moddiy jihatdan qo’llab quvvatlashning zamonaviy unsurlaridan foydalanish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axoliga Davlat ijtimoiy xizmatlari va yordami taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2020 yil 4 avgustdagi Qaroriga asosan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Farg’ona viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimini yuritish joriy etildi. O’tgan yil davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi 308-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 2020 15 mayda 286-sonli Qarori joriy etilgan bo’lsa, 2021 yil 5 martda esa «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risi»dagi 122-son Qarori joriy etildi.

Ushbu Qaror o’z oldiga quyidagilarni maqsad qilgan: fuqarolarning ortiqcha sarsongarchilik va ovoragarchiligiga chek qo’yish, aholi o’rtasida ijtimoiy himoya bilan bog’liq huquqiy savodxonlikni oshirish va albatta davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’larni maqsadli va manzilli yetkazishdir.


Ushbu qaror o’z mazmun-mohiyati bilan ko’pqirrali ishlarni o’zida mujassam etib, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimining vazirlik va idoralar bilan bog’lanishda axborot platformasining integratsiyasi ko’lami yanada kengaytirildi. Xususan,

1.  Moliya vazirligi;

2. Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi;

3.  Pensiya jamg’armasi;

4.  Davlat xizmatlari agentligi;

5.  Davlat personallashtirish markazi;

6.  Davlat soliq qo’mitasi;

7.  Ichki ishlar vazirligi;

8.  O’zdavergeodezkadastr qo’mitasi

9.  AT Xalq banki bilan o’zaro axborot almashinuvi (integratsiyasi) 2021 yil 01 apreliga qadar to’liq ta'minlanishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan hujjatlarni taqdim etish muddatlari uzaytirilib, dastruga o’z vaqtida kiritib borish uchun o’zini-o’zi boshqarish organlariga qulayliklar yaratildi. Fuqarolarning murojaatlari har oyning 16-kunigacha ularning yashash joyi bo’yicha fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organiga arizasi bilan pasport (yoki ID-kartalar) nusxasi, nikoh to’g’risidagi guvohnoma nusxasi, bola tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organi har besh kunda, biroq oyning 19-sanasiga qadar hujjatlarni Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlariga taqdim etishi belgilandi.

Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan qabul qilinib olingan ariza va hujjatlar belgilangan muddatlarda topshirilgan davrdan boshlab, har kuni biroq joriy oyning 26-sanasigacha dasturga kiritilishi belgilandi.

Oila a'zosiga to’g’ri keladigan daromadni mezon bilan taqqoslashda bir qator o’zgarishlar qabul qilindi xususan: daromad mezoni oilaning har bir a'zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha bir oylik daromadning yuqori chegarasi 393,8 ming so’m etib o’rnatildi.

Hisoblash tartibiga ko’ra oilaning har bir a'zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha bir oylik jami daromad murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo’lgan oxirgi uch oy uchun hisoblanadi va oila a'zolari soniga bo’lish orqali aniqlanadi.

Arizalar quyidagi hollarda rad etilishi belgilandi:

•  oilaning har bir a'zosiga belgilangan me'yor (393,8 ming so’m)dan yuqori daromadi mavjud bo’lganda;

•  2 va undan ortiq ko’chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo’lganda;

•  oila a'zolarining o’z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz bo’lgan avtotransport vositasi bo’lganda;

•  2 yoki undan ortiq texnik xolati soz bo’lgan avtotransport vositasi mavjud bo’lganda;

•  Ariza beruvchi va oila a'zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag’lar mavjud bo’lganda;

•  Ariza beruvchi va oila a'zolarining mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog’ozlar mavjud bo’lganda;

•  Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa sanoati qo’mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a'zolari tomonidan arizalar taqdim etilganda;

•  Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a'zolari mavjud bo’lganda;

•  oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a'zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;

•  daromadning rasmiy manbalariga ega bo’lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o’zini-o’zi band qilgan shaxslar ro’yxatiga kiritilmagan yoki haq to’lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a'zosi mavjud bo’lganda;

Nafaqani tayinlash yoki rad etish to’g’risida qaror inson omilisiz Yagona reestr tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi

Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachini SMS orqali xabardor qilinadi

Moliya bo’limlari nafaqalar to’lash uchun mablag’larni AT “Xalq banki”ning maxsus hisob varag’iga to’lov amalga oshiriladigan oyning 4-25 sanasiga qadar moliyalashtiradi. Elektron to’lov qaydnomalarini shakllantirish, xar oyning 4-sanasigacha amalga oshirilishi belgilandi, oyning 5-27 sanasida AT "Xalk bank" filiallari elektron to’lov qaydnomalariga asosan ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam va pul kompensatsiyasi to’lovlarini amalga oshirishi belgilandi.


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Farg’ona tuman bo’limi boshlig’i U.O.Yuldashev.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram