Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINING IJTIMOIY XIMOYASI VA YARATILAYOTGAN QULAYLIKLAR

×

 2021-07-30 09:37:35    693

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoyasi tizimini takomillashtirish va jahon tajribasi darajasida rivojlantirish maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib kelinmoqda.

Jumladan, Vazirlar Maxkamasining 28.04.2021 yildagi VM 248-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

    Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 avgustdan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo’yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi belgilandi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar toifasiga quyidagilar kiritilishi belgilandi:

- nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infektsiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslar;

- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan shaxslar;

- bolalikdan nogironligi bo’lgan farzandi bor onalar;

- yoshidan qat'i nazar ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar;

- davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a'zolari.

        Ularga davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali Pensiya jamg’armasi tomonidan ko’rsatilishi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan to’lanishi belgilandi.

Murojaat qiluvchi DXMga o’zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili, vasiy yoki homiy) kelishi yoki elektron tarzda YaIDXPda ro’yxatdan o’tgan holda murojaat qilishi mumkinligi belgab berildi.

Mazkur jarayonni to’liq sxema ko’rinishida quyidagicha ko’rib chiqish mumkin bo’ladi:


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram