Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIZLARIMIZ TELEFONSIZ TURMUSHGA UZATILSA NIMA DEYSIZ.
2021-08-27 15:45:44 815
Farg’ona tumani Dilkusho mahalla fuqarolar yig’inida “Qizlarimiz telefonsiz turmush qursa nima deysiz” mavzusida qaynonalar ishtirokida davra suxbati bo’lib o’tdi. Davra suxbatiga mahalla fuqarolar yig’ini xududida yashovchi qaynonalar taklif etildilar. Davra suxbatini o’tkazish uchun Farg’ona tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari X.Abdug’aniyeva, tuman otinoyisi Z.G’ofurova, psixolog M.Uzaqovalar qatnashdilar.
Davra suxbati davomida ajrimga sabab bo’luvchi omillar, yoshlar tarbiyasi, milliy qadiryatlarni mustaxkamlash, oilalardagi mexr-oqibat, qizlar, kelinlar salomatligi, or-nomus, ibo-xayo mavzularida ochiq suxbat o’tkazildi.
Suxbat davomida qaynonalarga “qaynona–qaynota uy yumushlariga qarashib turish kerakmi”, “kuyov ya'ni o’g’lingizga kelin aybini aytish kerakmi”, “yomon kelinni qanday yo’lga solish kerak”, “qudachilik ming yilchilik degani .....”, “ qizingizga kelinlik tarbiyasida eng asosiy so’z ......” degan mavzularda, savol-javob bo’lib o’tdi.
Suxbatga qatnashgan qaynonalar o’zlari uchun kerakli maslaxat, tavsiyalar va ma'lumotlarni oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram