Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA “3 DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIR O’TKAZILDI.

×

 2021-12-02 18:10:02    81

PDF yuklash
Chop etish


  Har yili 3 dekabr sanasida nogironligi bo’lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo’lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta'minlab, barcha uchun ochiq va do’stona bo’lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Farg’ona tumanida ham nogironligi bo’lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to’laqonli a'zosi ekanliklarini ko’rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun 3 dekabr – Nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi, sektor raxbarlari hamda tumandagi barcha tashkilotlar bilan xamkrolikda ommaviy-madaniy va xayriya tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan nogironligi bo’lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo’ltiqtayoqlar shuningdek turli esdalik sovg’alari topshirildi.

  Tadbirning badiiy qismida nogironligi bo’lgan fuqarolarimiz uchun bayram dasturxoni atrofida konsert dasturi namoyish etildi. Unda tumanimizda ijod qilayotgan elimiz suygan sanatkorlar hamda tuman madaniyat bo’limi xodimlari o’zlarining dilrabo kuy-qo’shiqlari bilan yig’ilganlarni xushnud etishdi. Ushbu bayram tadbiri ko’tarinki kayfiyatda o’tdi tashrif buyurganlar o’zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram