Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YERDAN QONUNIY VA SAMARALI FOYDALANISH – DAVR TALABI

×

 2022-04-25 21:13:06    378

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudi raisi Xoliqov Xudoberdi Komilovich va sudyasi Mamajonov Burxonjon Mahmudovich tomonidan Farg’ona tuman hududida ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali va qonuniy foydalanish bo’yicha 1 aprel 2022 yil kuni Prezidentimizning PQ-20-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish maqsadida bevosita xududlarda ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o’tkazildi.

O’tkazilgan ochiq muloqot uchrashuvida fuqorolarga: - “Er daromad manbai. Undan samarali foydalanish va daromad olish har bir fuqaroning pirovard maqsadi hisoblanishi va aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o’z biznesini tashkil etishga ko’maklashish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo’jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2021 yilning 23 noyabr kuni Prezidentimizning PQ-20-sonli qarori qabul qilinganligi tushuntirib o’tildi.”

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan tumanimizda ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligi. Hududlarda fuqarolarga qaror asosida foydalanish va daromad manbaiga ega bo’lishlari uchun yer maydonlari ajratib berilib kelayatganligi, biroq, yerdan unumli va samarali foydalanish barobarida uning huquqiy va qonuniy tartib va tamoyillari borligi, bu tartib va qoidalarga rioya etish ham bizdan katta mas'uliyat talab etishi yana bir bor fuqorolarga tushuntirilib bu bo’yicha fuqorolarga metodik qo’llanmalar topshirildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram