Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ TOIFALARINI MODDIY QO’LLAB-QUVVATLASH TO’G’RISIDA YANGILIKLARDAN XABARDORMISIZ?

×

 2022-04-25 21:22:02    395

PDF yuklash
Chop etish


- O’zbekiston Respublikasida imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash bo’yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o’rniga oylik kompensasiya pul to’lovlari joriy etilgan edi. Ushbu kompensatsiya to’lovi avvalgi tartib bo’yicha, shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi hamda mehnat faoliyatini olib borishligiga qarab to’langan. Endilikda 2022-yil 1-martdan boshlab kompensatsiya to’lovi, uni olish huquqiga ega bo’lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat'iy nazar to’lab boriladi. Bundan tashqari Ijtimoiy nafaqa oluvchi o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz shaxslarga kompensatsiya to’lovi joriy etiladi. Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to’lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi, ya'ni 130 ming 50 so’m miqdorida to’lanadi;                                   

- Yoshi 100 ga to’lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi, ya'ni 289 ming so’m miqdorida qo’shimcha to’lov belgilanadi. Bunda, 100 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to’lanadigan qo’shimcha to’lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.                                                            

- 2022 yil 9 fevraldan boshlab boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini yangi asoslarda tayinash uchun murojaat qilgan fuqarolarga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi vafot etgan fuqaroning mehnatga layoqatsiz (farzandlari) oila a'zolariga 18 yoshga qadar avtomatik tarzda tayinlanadi va to’lanadi. Amalda  boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olib kelayotgan vafot etgan fuqaroning mehnatga layoqatsiz (farzandalri) oila a'zolariga pensiya tayinlash muddat “Pensiya” axborot tizimida avtomatik tarzda fuqaroning arizasi talab etilmasdan 18 yoshga qadar uzaytiriladi. Ushbu tartib Pensiya jamg’armasi bo’limining pensiya va nafaqalar tayinlash komissiya a'zolari tomonidan amalga oshiriladi.                        

- Qonunga asosan vafot etgan fuqaroning mehnatga layoqatsiz oila a'zolari (farzandlari) uchun boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlash va to’lash muddati 18 yoshdan 23 yoshga qadar uzaytiriladi. Bunda fuqaro tomonidan ta'lim tashkilotlarida o’qiyotganligi to’g’risidaga ma'lumotnoma asosida amalga oshiriladi. Agar Qonun qabul qilgunga qadar boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi to’xtatilgan bo’lsa pensiya to’lovi qabul qilingan Qonun talablari asosida fuqaroning pensiyani tiklash to’g’risidagi (faqatgina pensiyani tiklash asosida (№2282 2-ilovasidagi ariza asosida)) 2022 yil 9 fevraldan pensiya tiklanadi. Agar fuqaro kechroq muddatlarda (misol uchun bir oy, ikki oy va undan ko’p muddatlarda) murojaat qilsa Qonunning 47-moddasi ikkinchi qismi (karantin davri) talablari asosida pensiya to’lovi 2022 yil 9 fevraldan davom ettiriladi.                

- Bolalikdan nogironligi bo’lgan bolaga qaralgan davr ish staji sifatida inobatga olish 16 yoshdan 18 yoshga qadar inobatga olinishi belgilandi.                        

- Bolani parvarishlash ta'tilarida bo’lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko’pi bilan 6 yillik davr pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi belgilandi. Bunda ushbu tartib Qonun qabul qilinganidan keyin yangi asoslarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarga avtomatik tarzda bolani parvarishlash ta'tilarida bo’lish vaqti 6 yillik ish staji sifatida inobatga olinadi. Qonun qabul qilingunga qadar pensiya tayinlangan fuqarolarga ushbu tartib ularning faqatgina pensiyani qayta hisoblash to’g’risidagi arizasiga asosan bugungi kundagi amalda bo’lgan pensiyani hisoblash tartiblariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga asosan qayta hisoblanadi va pensiya miqdori fuqaro ariza bergan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.                                                                  

- “Nogironligi bo’lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra, endilikda doimiy o’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo’lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so’m miqdorida nafaqa to’lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi. Yuqoridagi nafaqa, nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning kasallik ro’yxatidan kelib qarovchilar ro’yxati shakllantirib bo’linganidan keyin tayinlanadi. Bu nafaqaning yangi turi bo’lib, jldin bunday nafaqa yo’q edi.

Bundan tashqari, yuqoridagi farmonga asosan, bolalikdan emas hayoti davomida nogiron bo’lib qolgan shaxslar xam endilikda bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslar bilan teng miqdorda nafaqa oladi. Ya'ni oldingi tartibga ko’ra, bolalikdan nogironligi bo’lmagan shaxslar 440 ming so’m, bolalikdan nogironligi bo’lganlar esa 622 ming so’m nafaqa olar edi. Endilikda xar ikki toifadagi nogironligi bo’lgan shaxslar xam bir xil ya'ni, 622 ming so’mdan nafaqa oladi.


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Farg’ona tuman bo’lim boshlig’i  U.Yuldashev


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram