Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG'ONA TUMANI ADLIYA BO'LIMI BOSHLIG'I TOXIRJONOV BAHODIRJON ISHTIROKIDA BRIFING O'TKAZILDI.

×

 2022-04-25 22:02:25    525

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashlarining normativ tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida;

Adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashining normativ tusdagi qabul qilingan 10 ta qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Xususan, 2021-yil davomida tuman hokimining “Tumandagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarini 2021-yilda majburiy texnik ko‘rikdan sifatli o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori, “Farg‘ona tumanida o‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, “Farg‘ona tumanidagi aholi punktlari koʻchalari va xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, “Dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, “Tumanning qishloq aholi punktlari hamda ijtimoiy soha obyektlariga ichimlik suvini maxsus texnikalarda yetkazib berish tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori, “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini 2022-yil uchun band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori hamda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Farg‘ona tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihalari bo‘lim tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Shuningdek, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va qabul qilingan qarorlarni ularning rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi hamda rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi ahvoli “E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring qilib borilmoqda.

Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan tuman hokimining normativ tusga ega bo‘lmagan qarorlari bazasi shakllantirildi va turlarga ajratildi, yangi qabul qilinayotgan qarorlarning texnik shakliga rioya etilganligi va amaldagi qonunlarga muvofiqligi yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida;

Adliya bo‘limining 2021-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) mo‘ljallangan ish rejasining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021- yilning 19-23 aprel kunlari Farg‘ona tuman I va II-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi, shuningdek tuman Xalq ta’limi bo‘limida bolalar va o‘smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorida ustama haqlarining to‘lanayotganligi holatlari monitoring asosida o‘rganildi.

O‘rganishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 1 apreldagi PQ–1315-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq joylardagi sport ob’ektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.

Xususan, Farg‘ona tuman I-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelayotgan 5 nafar ayol o‘qituvchiga 1 924 448 (bir million to‘qqiz yuz yigirma to‘rt ming to‘rt yuz qirq sakkiz), Farg‘ona tuman II-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelayotgan 4 nafar ayol o‘qituvchiga 1 924 448 (bir million to‘qqiz yuz yigirma to‘rt ming to‘rt yuz qirq sakkiz), shuningdek tuman Xalq ta’limi tasarrufidagi maktablarda jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelayotgan 4 nafar oliy ma’lumotli pedagog xodimlarga 3 150 000 (uch million bir yuz ellik ming)so‘m miqdoridagi ustama haqlari to‘lanmaganligi aniqlandi.

O‘rganish natijasi yuzasidan kiritilgan taqdimnomlar natijasida to‘lanmay qolgan ustamalar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, 2021-yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4185-sonli qarorining 2-bandi, 3-qismi ijrosi ta’minlanishi yuzasidan huquqni qo‘llash amaliyotini ma’lumotlarni so‘rab olish yo‘li bilan monitoring qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram