Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"YANGI O’ZBEKISTON TARQQIYOT STRATEGIYASIDA BELGILANGAN MAQSAD VA USTIVOR VAZIFALAR”
2022-04-25 22:04:50 684
O’zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining topshirig’i ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda 2022 yilning mart-may oylarida respublikaning alohida belgilab olingan mahallalarida ijtimoiy-ma'naviy muxitni sog’lomlashtirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari o’tkazish belgilangan.
Mazqur topshiriqlarni ijrosini ta'minlab borish va aholining ijtimoiy muxitini yaxshilashga qartilgan targ’ibot tadbirlari "Yangi O’zbekiston tarqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustivor vazifalar” mavzusida tumanning Langar hamda Oqtom mahalla fuqarolar yig’inlarida joriy yilning 12 aprel kuni Ma'anviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari tomonidan o’tkazildi.
Mazkur tadbirda Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston Startegiyasi” kitob taqdimoti hamda Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar to’g’risida gapirib o’tildi.
Davlatimiz rahbari “Davlat — inson uchun” degan ezgu g’oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini belgilangan ustuvor yo’nalishlar ya'ni “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri — oliy qadriyat”, degan tamoyil e'tirof etilganligini takidlab o’tildi.
Shu bilan birga, hozirda jahon miqyosida kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi, global iqtisodiy inqiroz, ta'sir doirasi va tabiiy resurslar uchun tobora avj olayotgan mintaqalardagi geosiyosiy raqobat va mafkuraviy kurash sharoitida O’zbekistonda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash hamda xalqaro maydonda o’zaro manfaatli, ochiq va pragmatik tashqi siyosatni izchil olib borish, milliy manfaatlarni faol ilgari surish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini aholi vakillariga tushuntirildi.
Targ’ibot tadbirida ishtirok etgan aholi vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollarga munosib javoblarni olib tadbirni tashkil etilganligidan mamnun bo’ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram