Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QANDAY OILALARGA KAM TA'MINLANGAN XISOBLANADI

×

 2022-04-30 22:04:40    42

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining joriy yil 21 oktyabrdagi "Axolini ijtimoiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlar to’g’risidagi qaror ilovasi bilan tasdiqlangan "Kam taminlangan oilalarni ijtimoiy ximoya yagona reestri" axborot tizimi orqali aniqlash ,ularga kam taminlangan oilalarga bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizomning oilani kam taminlangan deb etirof etish ,ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlarida belgilab qo’yilgan. Mazkur xujjatning muxim jixati ,kam taminlangan oilalarga ijtimoiy ximoyasini yanada kuchaytirish maqsadida "ijtimoiy ximoya yagona reestri"axborot tizimi orqali 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam taminlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda ,yangi tartibga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqorolardan ko’shimcha ariza va xujjatlar talab etmagan xolda ,kam taminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasiga o’tkaziladi.  Bunda ,moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo’lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to’lov muddatlaridan kelib chiqqan xolda xisoblanadi.Kam taminlangan ,deb etirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam yashash joyi bo’yicha oilaning muomalaga layoqatli azosining arizasiga asosan tayinlanadi.Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko’rib chiqishda oila azolarining barcha rasmiy daromadlari , shuningdek oilaning xar bir azosiga to’gri keladigan bir oylik o’rtacha jami daromadining xisob -kitobi oila azosini nomida mavjud bo’lgan ko’chmas mol -mulki va avtotransport vositalari to’grisidagi malumotlar xam xisobga olinadi.Tijorat banklaridagi depozit xisob -varaqlarida ariza berilgan oyda amalda bo’lgan mexnatga xaq to’lash eng kam miqdorining besh barabari va undan ortiq miqdorda mablag’lari mavjud bo’lsa, oilada mexnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan azolari bo’lganda ariza rad etiladi.

     Arizani rad etish bola uch yoshga to’lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga) ta'lim muassalarida o’qiyotganlarga (ta'limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno) ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga va mexnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqorolarga ,OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga I yoki II guruh va bolalikdan nogronligi bo’lgan 18 yoshgacha shaxslarga, amalda tomorqa yer va yoki dexqin xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila azolaringa, 18 yoshacha bolalikdan nogronligi bo’lgan shu jumladan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo’lmagan xolda otasi ),oila azosi xisoblangan I guruh nogronligi bo’lgan shaxsning yoki o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga, oilani chaqiriq bo’yicha xarbiy xizmatni o’tayotgan azolari, bolasini yolg’iz tarbiyalayotgan yolg’iz (onalar)ga xamda nikoxi bekor qilingan ayollarga rasmiy daromad manbalariga ega bo’lmagan va oxiri bir yil mobaynida (Temir Daftar) ro’yxatida bo’lgan oilalarga to’rt va undan ortiq o’n sakkiz yoshga to’lmagan farzandi mavjud bo’lgan oilaning mexnatga layoqatli xar bir azosiga nisbatan ko’llanilmaydi.

"Kam taminlangan oilalarni ijtimoiy ximoya yagona reestri" axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa, moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashdagi muxim o’zgarishlar batafsil belgilangan.


Byudjetdan tashkari  Pensiya jamg’armasi Farg’ona tuman bo’lim boshlig’i o’rinbosari Otabek To’xliyev


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram