Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN FARG’ONA TUMANIDAGI MAKTABLARDAN BIRIDA BO’LGAN HOLAT TUMAN HOKIMLIGI, IIB XAMDA XTBLAR TOMONIDAN O’RGANILDI.

×

 2022-05-06 19:11:53    89

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg’ona viloyati, Farg’ona tumanidagi maktablardan birida bo’lgan xolat yuzasidan Farg’ona tumani hokimligi, tumani IIB xamda XTBlar tomonidan o’rganildi.


Malum bo’lishicha 2022 yil 29 aprel' kuni Farg’ona tumani IIB boshlig’i nomiga Farg’ona tumani XTB ga qarashli ...-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori T.X ariza bilan murojaat qilib, o’z arizasida 2022 yil 21 aprel' kuni soat taxminan 16-00 lar chamasida o’zini X.R deb tanishtirgan shaxs +998 93 647-..-.. raqamli telefonidan foydalanuvida bo’lgan +998 91 669-..-.. raqamli telefoniga qo’ng’iroq qilib uni tinchiligini buzib, u raxbarlik qilib kelayotgan maktabga diniy libosda kelgan qizlarga ta'zyiq o’tkazayotganligini aytib, uni xizmat faoliyatiga xalaqit qilib, maktabda diniy liboslar kiygan qizlarni qo’llab quvvatlovchi varaqalarni tarqatilish va yopishtirish ishlarini tashkillab, telegramm saxifasiga xam yuqoridagi kabi rasmlar va yozuvlarni jo’natib, maktabdagi muxitga salbiy tomonlama ta'sirini ko’rsatib kelayotganligini, aytib xolat yuzasidan qonuniy chora ko’rishlikni so’ragan.   


Ushbu xolat yuzasidan maktab xududida Farg’ona tumani IIB xodimlari tomonidan xamkorlikda amalga oshirilgan tezkor surishtiruv ishlarini olib borish davomida, yuqoridagi xolatga aloqador shaxslar aniqlanib, sodir etgan qilmishlarni quyidagi xolatlarda amalga oshirganliklari aniqlandi.


R.X 07.04.20.. yilda tug’ilgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o’zbek, ma'lumoti tugallanmagan oliy. Muqaddam sudlanmaganman. Uylanmaganman. Xozirda Toshkent shaxri Olmazor tumanidagi “Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti” Iqtisodiyot fakulteti Ekonometrika yo’nalishi 2 bosqichida taxsil olib, Farg’ona tumani Zilol MFY, Zilol ko’chasi ... uyda ro’yxatda turib, oilasi bilan birga yashab keladi. O’zi va yaqinlari orasida DEOga aloqador shaxslar mavjud emas. Tel: +99893-647-..-..


Suxbat davomida fuqaro X.R 2022 yil aprel oyining 20 sanasida telegramm profiliga unga notanish shaxs quyidagilarni yozigan: “Salomlashib, o’zini Farg’ona tumani Mindon qishlog’idan ekanligini aytib, qishloqdagi ...-sonli maktab direktori T.X ning o’z maktabi xududidagi o’quvchilar bilan forma masalasidagi tortishuvli ovozli xabarini yuborib, ushbu ovozli xabar bo’yicha o’z fikri va maslaxatini so’raganligini, notanish shaxsdan unga aytgan ushbu gapi bo’yicha o’zlarini nima qilmoqchiligini so’raganida, sudga bermoqchi ekanliklarini aytganligini, notanish shaxsga avval maktab direktorini rakamini berishini, u bilan gaplashib ko’rishini va imkon boricha, tinch yo’l bilan muammoni xal qilishini aytganligini, shundan so’ng unga noma'lum shaxs maktab direktori T.X ni telefon raqamini yozib yuborganligini, shu kunni ertasiga 21.04.2022 yil kuni T.X ga qo’ng’iroq qilib, o’zini O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi yoshlar forumi elchisi X.R - ekanligini aytib, unga uning maktab o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan suxbatining audio matni kelganligini aytib, o’quvchilarga forma masalasida aytgan gaplari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi diniy erkinlik va bag’rikenglik moddasiga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining ...sonli forma masalasidagi qarori talablariga (ushbu qarorda majburiy forma masalasidagi qarorlar 2024 yilga qadar majburiy emasligi ko’zda tutilgan) va bir qancha qarorlar talablariga to’g’ri kelmasligini aytib, bu muammoni unga murojaat qilgan shaxs bilan tinch yo’l bilan xal qilishligini va murojaat qiluvchi sudga murojaat qilish fikri borligini aytganligini, T.X bilan suxbati 20 daqiqadan ko’proq vaqt davom etganligini, suxbat audio matnini yozib olganligini, suxbat yakunida T.X unga ota-onalar tomonidan bu darajadagi qarshiliklar bo’layotgan bo’lsa, o’quvchilarni maktabga qay xolatda kiyinib kelishlariga qarshiligi yo’qligini, murojaat muallifiga ushbu gaplarini aytib qo’yishini aytib, suxbatini yakunlaganligini, suxbat davomida T.X undan murojaat qiluvchini kim ekanligini ko’p marotaba qayta-qayta so’raganligini, T.X ni bu gapiga javoban, unga agar sud jarayoni boshlansa, shikoyat qiluvchini tergov jarayonlari yakunigacha shaxsi ochiqlanmasligiga xuquqi borligini, agar uni shaxsi xaqida unga aytsa, samosud jarayoni yuzaga kelishi extimoli balandligini aytib, uni shaxsni oshkor etmaganligini, shundan so’ng T.X bilan bo’lib o’tgan suxbat audio matnini unga murojaat qilgan noma'lum shaxsga yuborib, maktab direktori bilan gaplashganini va uni qarshiligi yo’qligini aytganligini bildirib qo’yganligini, murojaat muallifidan unga javob kelmaganligini, bir muddat vaqt o’tgach ( 3-4 kun ), o’z telegramm profilidan yozishmalarni qidirganida, murojaat qiluvchi tomonidan akkauntini o’chirib yuborilganligini bilganligini, unga ushbu murojaat qilgan shaxsni to’liq shaxsi xaqida biron-bir ma'lumotga ega emasligini, 02.05.2022 yil kuni “Ramazon Xayit” bayrami munosabati bilan yuqoridagi yashash manziliga 30.04.2022 yil kuni kelganligini, yuqoridagi maktabdagi xolatlar yuzasidan maktab direktori T.X tomonidan tuman IIBga murojaat etilganligini IIBga kelgan vaqtida eshitib bilganligini ma'lum qilgan.

Farg’ona tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram