Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“9 MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN BO’STON MFYDA TADBIR O’TKAZILDI.

×

 2022-05-07 23:24:32    54

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona tumani Bo’ston MFYda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab ikkinchi jahon urushida – xalqlarning tinchligi, millatlar totuvligi yo’lida qurbon bo’lganlar xotirasi yodga olinib, uzoq yillar mobaynida tumanimizda turli sohalarda xizmat qilib kelgan faxriylar ishtirokida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.


Tadbirda Farg’ona tumnai hokimligi, shuningdek, turli sohalarda uzoq yillar mobaynida fidokorona xizmat qilib kelgan, ayni paytda ham tuman rivoji uchun mehnat qilayotgan 100 nafardan ziyod faxriylar ishtirok etishdi.


Bo’lib o’tgan uchrashuvda faxriylar, urushda halok bo’lganlar, shuningdek sohada xizmat qilib o’tganlarning ruhlariga bag’ishlab Qur'on tilovat qilindi. Mamlakatimiz, xususan tumanimiz rivoji yo’lida xizmat qilayotgan barcha xodimlar haqqiga duolar qilindi.


Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanishi an'anaga aylangan. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 20 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida mamlakatimizda ushbu sanani keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga munosib hissa qo’shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lganlar xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat-ehtirom ko’rsatish alohida ta'kidlangan. 


Tadbirda faxriylarimiz tomonidan xalqimizning tarix sahifalariga o’chmas harflar bilan bitilgan urush va mehnat faxriylarining jasorati, mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma'naviyati, chekkan zahmatli mehnatlari oldida ta'zim qilish, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar qilish, mustaqillikdek aziz ne'matning qadriga yetish, uni ko’z qorachig’imizdek asrab-avaylash lozimligi ta'kidlandi.











Farg’ona tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram