Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XALQ SO’ZI” GAZETASINING XS.UZ VEB-NASHRI ORQALI E'LON QILINGAN MAQOLA YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT
2022-07-21 20:18:27 606
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 42-sonli bayonining 73-bandida: “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) Turon bank (Mirzayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Farg’ona tumanida 450 ta kam ta'minlangan, ishsiz, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bor oilalar uchun foydalanilmayotgan 9 gektar yer maydonida har bir oilaga 2 sotix yer hisobidan issiqxona (limonariya)lar qurish loyihasi amalga oshirilishini ta'minlasin. Bunda har bir oila uchun issiqxona (limonariya)lar qurilishi qiymatining 50 foizi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining subsidiyalari, qolgan 50 foizi esa bankning “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasidagi kredit mablag’lari hisobidan qoplanishi” belgilanganligi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi «Koronavirus pandemiyasi davrida oziq- ovqat xavfsizligi ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4700-sonli hamda bu borada qabul qilingan viloyat xokimining 2020 yil 5 maydagi 119-sonli qarorlari asosida Farg’ona tumani fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi ihtiyoriga “T.Shodiyeva” massivi hududidan “Kooperatsiya” tashkil etilib, tumandagi extiyojmand hamda kam ta'minlangan fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida ushbu hududda jami 125 ta yengil tipdagi issiqxonalar tashkil etilishligi, bu borada tuman Bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan 125 ta issiqxona qurish uchun “Ustoz Shogird tomorqa xizmati” MChJga jami 836 mln 250 ming so’m miqdorida subsidiya mablag’lari o’tkazib berilganligini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi “2019-2020 yillarda suv ta'minoti og’ir bo’lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug’orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi 1019-sonli qarori hamda yuqoridagi tashrif yig’ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining 2021 yil 29 yanvardagi 46-F-sonli farmoyishi qabul qilinganligi, ushbu farmoyishga asosan viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan “Tumandagi 450 ta kam ta'minlangan, ishsiz, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bor oilalar uchun foydalanilmayotgan 9 gektar yer maydonida har bir oilaga 2 sotix yer hisobidan issiqxona qurish ishlarini amalga oshirish uchun” tik quduqlar qazish harajatlari uchun jami 500,0 mln.so’m miqdorida mablag’ ajratilgan.
Shunga ko’ra yuqoridagi maqola yuzasidan Farg’ona tumani hokimining birinchi o’rinbosari rahbarligida tegishli ma'sul tashkilot va korxonalar ishtirokida ishchi guruxi tuzildi hamda maqolada ko’rsatib o’tilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishlik bo’yicha Yangi asr MFY hududida qurilgan 125 ta engil tipdagi issiqxonalarga borib tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi, shuningdek “Ravshan fayz ta'mir” MChJ tomonidan 1 dona tik qudug’i qazilib, issiqxonalarni sug’orish uchun suv chiqarildi. Shu bilan “Ustoz Shogird tomorqa xizmati” MChJ tomonidan ushbu hududdagi har bir yengil tipdagi issiqxonalarga suv tarmog’ini tortib berish buyicha ushbu MChJ ga Turon bank Farg’ona filiali tomonidan jami 60,0 mln so’m miqdorida kredit ajratib berilishligi hamda tez kunlar ichida ushbu issiqxonalarning barchasida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha yetarli imkoniyatlar yaratilishligini ma'lum qilamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram