Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risida hisobot

 2022-07-28 17:03:15    725

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisob raqamlarida 1,5mln. so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan olti oy davomida viloyat bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona tumani bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 628 mln. 194 ming so‘m mablag‘ yig‘ildi. O‘tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 707 nafar oilaga 214 mln. 582 ming so‘m mablag‘ sarf etildi.

Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan  307  nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 138 mln. 382 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 399 nafariga 71 mln. 200 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha  413  mln. 612 ming so‘m pul mablag‘lari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.