Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAMIDULLO INOMOV FARG’ONA TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI
2022-11-02 09:51:58 354
Xalq deputatlari Farg’ona tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma'muriyatchiligi departamentida boshqarma bosh inspektori bo’lib ishlab kelgan Inomov Hamidullo Tadjiyevich Farg’ona tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so’zladi.
Prezidentimiz olib borayotgan bugungi siyosatda inson manfaati eng ustuvor vazifa deb belgilanganini ta'kidlagan viloyat hokimi, har bir ijro organi rahbari bir maqsad – xalq roziligi yo’lida mehnat qilishi lozimligini, qonun ustuvorligini ta'minlashi va samarali ijro intizomini yo’lga qo’yishi kerakligini qayd etdi.
Shundan so’ng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi nomzodni tanishtirdi, Farg’ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan nomzod bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va Hamidullo Inomov Farg’ona tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram