Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA 

×

 2022-11-02 11:24:09    244

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi va tuman gaz ta'minoti korxonasi xodimlari hamkorlikda Xosilot mahalla fuqarolar yig’ini Yakka tut ko’chasida uyma-uy yurib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o’tkazdilar. 

Aholi yashash xonadonlari ko’zdan kechirilganda, asosan, fuqarolar tomonidan tabiiy gazdan foydalanishda kamchiliklarga yo’l qo’yilayotganligi aniqlanib, bu bo’yicha tuman gaz ta'minoti korxonasining mas'ul xodimlariga tegishli ko’rsatmalar berildi. 

Shuningdek, isitish pechlarining dudburonlariga o’rnatilgan to’siqlar olib tashlandi va fuqarolarga tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik is gazidan zaharlanish holatlariga olib kelishi, bu esa insonlar hayotiga zomin bo’lishi mumkinligi bo’yicha ma'lumotlar berildi.

Profilaktik tadbirlar davomida tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 3 va 63-maktab ishchi xodimlari hamda o’quvchilariga kuz-qish mavsumida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, yong’inlar, is gazidan zaharlanish, botulizm kabi ko’ngilsiz holatlar to’g’risida, ularning kelib chiqish sabablari va ularni oldini bo’yicha yo’riqnomalar yetkazildi. Ushbu ta'lim muassasalarining joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tekshirildi.

Bu kabi fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi profilaktik tadbirlar tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram