Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"MA'RIFATLI JAMIYAT - UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORI"
2022-11-02 11:42:32 266
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri buyrug'iga ko'ra umumta'lim maktablari o'qituvchilari o'rtasida "Ma'rifatli jamiyat - Uchinchi Renessans bunyodkori" mavzusida o'tkazilgan esselar tanlovining Respublika bosqichida Farg'ona tumanidagi 4-maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi Mahkamova Dilnoza faxrli 2-o'rinni egalladi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan II-darajali diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan bugun Farg'ona tuman hokimi X.Inomov, tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri G'.Ortiqov hamda ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg'ona tuman Kengashi raisi O.Rahmonovlar 4-umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, tanlov g'olibi D.Mahkamovaga kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, o'zlarining "Faxriy yorliq" va esdalik sovg'alarini taqdim etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram