Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOPSHIRIQLAR IJROSI O’RGANILDI.

×

 2022-11-02 11:45:53    257

PDF yuklash
Chop etish


Xonada o’tirib ish bitiradigan zamonlar o’tib ketdi. Ayni paytda manzilning o’zida faoliyat tashkil etilmas ekan, hech qanday ijobiy natijaga erishib bo’lmaydi. Bu borada mahalliy hokimlik vakillari ham yangicha ish uslublarini o’zlashtirib, har bir masala yuzasidan hududlarda bo’lmoqdalar. Jumladan, Farg’ona tumani hokimi Xamidullo Inomov navbatdagi ish kunini «Oqtom» MFYda 18.10.2022 yil kuni o’tkazilgan sayyor qabulda berilgan topshiriqlari ijrosini nazorat qilishdan boshladi.


Bugunga kelib hokimlik vakillarining o’zlari mahallalarda yurib, asl holatni o’rganishmoqda. Bu ijobiy samara beryapti. Boisi, o’zbekchilikda hamma ham tegishli idoralarga murojaat qilavermaydi.


Tuman hokimining bu galgi tashrifi ham samarali kechdi. Natijada Oqtom MFYdagi "To’ychivoy Burxonov" nomidagi qabristonning chiroqlari yangilandi, maxalladagi eskirgan elektr tayanch ustunlarinini yangisiga almashtirish ishlari boshlandi, Yangi qishloq ko’chasidagi axolini toza ichimlik suvi xamda oqava suvi bilan ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olindi, Oqtom ko’chasidagi gaz taqsimlash punkti ta'mirlanib aholiga tabiiy gaz yetkazib berish sifati yaxshilanishiga erishildi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram