Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABUL - XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI FORMATI!

×

 2022-11-02 12:35:43    209

PDF yuklash
Chop etish


Hozirda, inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg’u berilmoqda. 


Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. 


Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida asos solgan tizim - ijtimoiy adolatni ta'minlash borasida o’zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot an'analarning yangi taraqqiyot bosqichi bo’lishi bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.


Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabullarini davlat organlari va xo’jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, rahbar xodimlarni xalq bilan muloqotga kirishish uchun asos yaratish maqsadida tumanda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.


Shu kabi qabullarning navbatdagisi tumandagi Hosilot MFY da joylashgan 19-maktabda o’tkazildi. Unda tuman hokimi X.Inomov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul qilindi.


Qabul jarayonida ishga joylashish, yo’llarni ta'mirlash, tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun kredit olish, elektr, gaz, ichimlik va oqava suv, chegara hamda boshqa masalalar bo’yicha aholining murojaatlari tinglanib tegishli choralar ko’rildi, huquqiy maslahatlar berildi. Jami kelib tushgan 21 ta murojaatning 6 tasi o’rnida ijobiy xal etilgan bo’lsa, qolgan 15 tasi nazoratga olindi. 


Qabul yakunida yig’ilganlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan mamnun holda eng avvalo davlatimiz rahbariga qolaversa barcha mutasaddilarga minnatdorchilik bildirib duoga qo’l ochdilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram