Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAKKA E'TIBOR.

×

 2022-11-02 12:41:15    193

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” shakllantirilib unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor fuqarolar, xususan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritildi.


Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo’llab-quvvatlash, kasb-hunarga o’rgatish va bandligini ta'minlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalari va ulardan foydalanish tartibi belgilab berildi.


Farg’ona tumanida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, daftarga kiritilgan fuqarolarga yaqindan yordam ko’rsatilib, qo’llab-quvvatlanmoqda. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida tumandagi yoshlar jamg’armasi mablag’lari hisobidan joriy yilning 26 oktyabr sanasida tuman hokimi X.Inomov boshchiligida barcha sektor raxbarlari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj va bandligi ta'minlanmagan oila farzandlaridan 2 nafar yoshlarga o’t o’rish uskunasi, 6 nafar yoshlarga payvandlash uskunasi, 1 nafar yoshga dori sepadigan uskuna, 32 nafar yoshlarga tikuv mashinalari berildi.


Yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar uchun, muammolarning yechimini topayotganligi va orzu-istaklari ro’yobga chiqayotganligi uchun yoshlar Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram