Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL – XALQ BILAN FAOL VA OCHIQ MULOQOT.
2022-11-02 12:53:42 324
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona tumanidagi Xalq qabulxonasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati D.Mamadjanova hamda tuman hokimi X.Inomovning navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi.
Qabulda fuqarolar o’zlari istiqomat qilayotgan hududning ijtimoiy va kommunal sohaga oid muammolari, shuningdek shaxsiy masalalar bo’yicha murojaat qildilar.
Murojaatlarning asosiy qismi ish bilan ta'minlash, uy-joy ta'minoti, davolanish uchun moddiy yordam, kredit olish va kadastr bilan bog’liq masalalar hususida bo’ldi.
Xar bir murojaat soha mutaassislarini jalb qilgan holda chuqur o’rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Qabul yakunida O’zXDP tashkil topgan kunning 31 yilligi munosabati bilan nogironligi bo’lgan shaxslardan iborat "Fan klub" a'zolari o’rtasida tashkil etilgan futbol musobaqasi g’oliblariga partiyaning esdalik sovg’alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram