Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA TUMANIDA 39 NAFAR XOTIN-QIZLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI.
2022-11-16 10:05:11 359
Farg’ona tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagida bo’lgan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 39 nafar xotin-qizlarga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi.
Farg’ona tumani hokimi Xamidullo Inomov tumanda og’ir sharoitlarda yashayotgan ayollarning muammolarini o’rganish, ularni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo’yicha qayta tayyorlash va ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishiga ko’maklashish maqsadida Xotin-qizlar bilan ishlashga aloxida e'tibor qaratib kelmoqda.
Tuman hokimi va sektor raxbarlari tomonidan tumandagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o’tkazib kelinmoqda. Muloqotlar davomida «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlarning murojaat va muammolarini eshitib, tegishli mutasaddilarga murojaatlarning yechimi bo’yicha topshiriq berilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagida bo’lgan, ammo amalga oshiraolmayotgan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 39 nafar xotin-qizlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-sonli "O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to’g’risidagi nizomini tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq, o’zini-o’zi band qilish istagida bo’lgan ishsiz xotin-qizlarga xokim yordamchilari tavsiyasiga asosan subsidiya asosida zamonaviy tikuv dastgohlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram